Mutasaddilar mamlakatimizda basketbolga berilayotgan eʼtibor qay darajada ekani bilan yaqindan tanishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Irmatov, Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va tashkilotlarning boshqa mutasaddilari ishtirokida yurtimiz basketbolchilariga yaratib berilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

Ushbu sport turi boʻyicha jamoamiz oʻzining kuchli maktabi, anʼanalarini yildan yilga yoʻqotib bormoqda. Shu bois vaziyat hozirdanoq kerakli choralarni koʻrishni talab qiladi. Oʻz navbatida basketbolga endi kirib kelayotgan yosh sportchilarda ham kelajakka ishonch uygʻota olish kerak.

Basketbol boʻyicha terma jamoamizni Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida ishtirok etishlarini taʼminlash, kerak boʻlsa, Parij-2024 Olimpiadasi yoʻllanmasi uchun ham kurashish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Suhbat davomida sport mutasaddilari hukumatimiz sportni har tomonlama qoʻllab-quvvatlayotganini taʼkidlab, yosh sportchilardan oʻzlariga boʻlgan ishonchni, basketbolga mehrlarini yana-da kuchaytirish lozimligini aytib oʻtishdi. Federatsiya mutasaddilari bilan esa yoshlar va kattalar oʻrtasida terma jamoa tarkibini shakllantirish, mahalliy va xorijiy oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil qilish, sportchilarni inventar va ekipirovkalar bilan taʼminlash hamda mashgʻulot uchun muqim baza topish kabi istiqbolli rejalar boʻyicha fikr almashildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *