Qashqadaryoda “Charm toʼp” futbol musobaqasining viloyat bosqichi yakunlandi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “Oʼzbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlarlari toʼgʼrisida”gi PF-5887-sonli Farmoni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʼzbekiston Futbol assotsiatsiyasi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligining qoʼshma qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda mahalla yoshlari oʼrtasida (15-16 yosh) “Charm toʼp” futbol musobaqasining viloyat bosqichi boʼlib oʼtdi.

Bugun Qarshi shahrida joylashgan “Nasaf” PFKning sunʼiy qoplamali mashgʼulotlar maydonida mahalla yoshlari oʼrtasida “Charm toʼp” musobaqasining Qashqadaryo viloyat bosqichi yakuniga yetdi.

Bugungi yarim final va final bosqichida oʼz hududlaridan saralangan Gʼuzor tumanining “Avgʼonbog” MFY, Shahrisabz tumanining “Chorshanbe” MFY, Kasbi tumanining “Xoʼjakasbi” MFY hamda Nishon tumanining “Ulugʼbek” MFY jamoalari respublika bosqichida ishtirok etish uchun kurash olib borishdi.

Musobaqa yakuniga koʼra, uchchinchi oʼrinni Kasbi tumanining “Xoʼjakasbi” MFY jamoasi egallagan boʼlsa, Shahrisabz tumanining “Chorshanbe” MFY jamoasi ikkinchi pogʼanadan joy oldi. Toshkentda boʼlib oʼtadigan respublika bosqichiga Gʼuzor tumanining “Avgʼonbogʼ” MFY jamoasi yoʼllanmani qoʼlga kiritdi.

Musobaqa soʼngida gʼolib va sovrindor boʼlgan jamoalar viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan diplom, medal hamda kubok bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *