Samarqanda yana bir sport musobaqaga start berildi

Samarqand viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida qoʼl jangi sport turi boʼyicha huquqni muhofaza qilish organlarining 50 ga yaqin xodimlari birinchilik uchun shurash olib borishmoqda.

Ishtirokchilar Milliy gvardiya, Davlat xavfsizligi xizmati, Davlat bojxona qoʼmitasi, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining Samarqand viloyatida joylashgan boʼlinmalaridan iborat jamoalar munosib ishtirok etishmoqda. 

Ushbu turnirga bugun start berilgan boʼlsa, ertaga mazkur musobaqaning yopilish marosimi boʼlib oʼtadi. 

Musobaqa yakunlariga koʼra, gʼoliblar tashkilotchilarning koʼchma kubogi, maxsus diplom hamda esdalik sovgʼalari bilan taqdirlanadilar.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *