Sarvarbek Zafarjonov terma jamoamizga navbatdagi medalni taqdim etdi

Ogʻir atletika boʻyicha oʻtkazilayotgan “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligi kubogi” onlayn musobaqasida ikkinchi kun bellashuvlari doirasida hamyurtimiz Sarvarbek Zafarjonov terma jamoamiz hisobiga navbatdagi medalni qoʻshib qoʻydi.

20 yoshli polvonimiz -89 kg vazn toifasida ishtirok etib, dast koʻtarish mashqini 168 kilogramm bilan ikkinchi oʻrinda yakunlagan boʻlsa, uning siltab koʻtarish mashqida qayd etgan 207 kg natijasi ikki kurashda 373 kilogramm koʻrsatkichni taqdim qildi. Zafarjonov yakunda ikkinchi oʻrinni saqlab qolishga muvaffaq boʻldi.

-89 kg.:

1. Vellenilla Keydomar (Venesuela) – 377 kg
2. Sarvarbek Zafarjonov (Oʻzbekiston) – 373 kg
3. Ritvars Suxavers (Latviya) – 356 kg

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *