Sirdaryoda katta sport bayrami

Sirdaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatning chekka hududlaridan biri boʻlmish Sardoba tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6099-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligini keng nishonlash hamda viloyat hokimligining 2021-yil davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining ijrosini taʼminlash maqsadida Sardoba tumani hokimligi bilan hamkorlikda yugurish marafoni va ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Sardoba mahalla fuqarolari, oʻsmirlar, yoshlar va uyushmagan yoshlar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari, yugurish marafoni, mashgʻulotlari bilan birgalikda Workout, stritbol, badminton, mini futbol turlari boʻyicha ham sport musobaqalari oʻtkazildi.

Shuningdek, aholi uchun salomatlik yoʻlaklari, yurish, yugurish, velosiped yoʻlakchalari Workout maydonlarini qurish, tashkilotlarda har shanba-yakshanba kunlar oʻtkaziladigan musobaqalarni tashkillashtirish masalalariga bagʻishlangan seminar ham tashkil etildi.

Ushbu sport tadbirlaridan koʻzlangan maqsad aholi oʻrtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni targʻib etish boʻlsa, viloyat seminari orqali davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarga asosan sport bilan shugʻullanayotgan aholini umumiy soni 25% yetkazish boʻyicha tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish va kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni kelishib olishdan iborat boʻldi.

Sport tadbirlari yakunida bir qator tashkilotlar va fuqarolar hamda oilalar munosib tarzda ragʻbatlantirildi. Jumladan, yugurish marafoni boʻyicha “Eng yosh ishtirokchisi” nominatsiyasi 6 yoshli Abdullayev Asilbekka nasib etgan boʻlsa, “Eng yoshi keksa ishtirokchi” deb 63 yoshli Kovlametov Medat topildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *