#uydaqol! #hayotgaqo‘shil! chellenji: Bu gal g‘olib bitta, sovrindorlar beshta

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi pandemiya davrida yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug‘ullanishni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etgan #uydaqol! #hayotgaqo‘shil! chellenjida navbatdagi g‘oliblar aniqlandi.

Joriy yilning 3 avgustdan qayta yo‘lga qo‘yilgan chellenjda qatnashish orqali yurtdoshlarimiz nafaqat o‘z salomatliklarini mustahkamlashi, balki qimmatbaho sovg‘alarni yutib olishlari mumkin.

Anʼanada biroz chekinib, bu gal g‘olib va sovrindorlar ikki hafta davomida yuborilgan videolar orasidan saralandi. 7-20 sentyabr kunlari oralig‘ida o‘tkazilgan #uydaqol! #hayotgaqo‘shil! chellenjida yurtdoshlarimiz o‘zlari tomonidan tasvirga olingan navbatdagi videoroliklar bilan qatnashdi. Mamlakatimizdagi sportsevar oilalar tomonidan 200ga yaqin videorolik qabul qilindi va hakamlar hayʼati tomonidan eng yaxshi deya eʼtirof etilgan 6 tasi g‘olib deb topildi.

Eʼtiborli jihati, bu galgi g‘oliblik viloyatlarimiz nomidan ishtirok etganlarga nasib etdi. Unga ko‘ra 1-o‘rin Toshkent viloyati, Qibray tumani, “Birlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Niyozovlar oilasiga nasib etdi.

Hakamlar hayʼati qarori bilan, chellenjning 2-o‘riniga 2 ta video munosib ko‘rildi. Toshkent shahridan Allayevlar oilasi yuborgan videorolik bu o‘ringa loyiq deb topildi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida istiqomat qiluvchi Jumanazarovlar oilasiga ham 2-o‘rin nasib etdi.

chellenjning uchinchi o‘rini bilan bir yo‘la uchta oila taqdirlandi. Unga ko‘ra:

Sirdaryo viloyati, Guliston shahridan Niyozovalar oilasi;

Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanidan Chiniboyevlar oilasi;

Sirdaryo viloyati, Shirin shahridan Murodovlar oilasi sovrindor deb topildilar.

Chellenj g‘oliblari velotrenajyor bilan mukofotlanadi.

Siz ham #uydaqol! #hayotgaqo‘shil! chellenjida faol ishtirok eting hamda qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiriting. Unutmang, Chellenj 2020 yilning 15 dekabriga qadar davom etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *