Velotrek boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga start berilmoqda

Toshkentda velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha 2004-2007-yillarda tugʻilgan oʻsmir qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatiga start beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun Respublika kalendar rejasiga asosan 2020-yilning 5-9-oktyabr kunlari Toshkent shahridagi velotrek oʻquv-mashgʻulot majmuasida velotrek boʻyicha 2004-2007-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar (qizlar) oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtadi.

Chempionat Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi hamda Sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamkorligida oʻtkazilmoqda.

Musobaqa dasturidan 40 km.ga yakkalik va jamoaviy poygalar, 2002-2003-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida 145 km.ga guruh poygalari hamda yakkalik va jamoaviy poygalar oʻrin olgan. Musobaqada 40 km.dan 145 km.gacha boʻlgan poygalar boʻlib oʻtadi.

Mazkur musobaqada respublikamizning deyarli barcha viloyatlaridan 100 nafardan ziyod oʻsmir yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *