Xorazm viloyatida ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlarida 3 ming nafardan ortiq aholi qatnashdi

Mamlakatimizda karantin talablari yumshatilgach, aholining o‘z salomatliklarini mustahkamlashlari uchun jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini olib borishlari uchun yana-da yaxshiroq imkoniyatlar yaratib berish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Xorazm viloyatida ham tizimli ravishda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida barcha hududlarda ertalabki badantarbiya mashqlari tashkil qilinmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi ijrosi hamda aholining barcha qatlamlarini, jumladan, band bo‘lmagan yoshlarning 40%ini jismoniy tarbiya  mashqlari va ommaviy sport keng jalb qilish maqsadida viloyatning 13 ta tuman (shahar)larning 42 ta hududida tashkil etilgan ertalabki  badantarbiya mashg‘ulotlarida 3200 nafardan ortiq aholi ishtirok etdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *