Xorazmda ertalabki badantarbiya va yurish marafoni boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Xorazm viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan ommaviy sport tadbirlari muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Jumladan, Xorazm viloyatining Yangiariq tumani hokimi Anvar Davletov Kenjayevich boshchiligida tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamda qator tashkilotlar hamkorligida “Sportni sev, sport bilan” shiori ostidagi festival doirasida ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari bilan birga yurish marafoni ham tashkil etildi.

Ushbu marafonda tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari, umumtaʼlim maktablari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari, bolalar-oʻsmirlar sport maktabi trenerlari hamda idora-tashkilotlar xodimlari oila aʼzolari bilan faol qatnashdilar. Marafonda 500 nafardan ortiq sport sevar xalqimiz oʻz salomatliklari yoʻlida qadam tashlashdi.

Bunday tadbirlar viloyat boʻylab muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *